Jannat – onalar oyog‘i ostida

18 Yan 2018 2443

Alloh taolo marhamat qildi: “Ey, Rabbim meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek Sen ham ularga rahm qilgin” (Isro surasi, 24-oyat).

Izzat-ikromga loyiq zot bu – onadir.

Hasan Basariy (rahmatullohi alayh)aytadi: “Onaning yuziga nazar solish ibodatdir”. Shunday ekan, unga yaxshilik qilish naqadar savob ekanini bilib olavering.

 Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) onasi bilan bir tovoqdan ovqat yemasdi. Bunga sabab onasining yegisi kelgan narsaga qo‘l cho‘zib, oq bo‘lib qolishdan qo‘rqardi.

Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) onasiga suv keltirdi, kelsa onasi uxlab qolibdi.  U kishi onasi yonida uyg‘onguncha kutib turdi. Men ketsam, onam uyg‘onib, suvni topa olmay qiynalmasin deb, shunday qildi.

Ibn Shurayh (rahmatullohi alayh) masjidda dars berar edi. Onasi kelib, tur o‘rningdan tovuqlarga don ber, dedi. U kishi onasiga itoat qilib darxol o‘rnidan turar va darsni tark qilib, onasining aytgan ishini bajarar edi. 

Alloh barchalarimizni onani rozi qilib Allohni rahmatiga erishishni nasib qilsin.

 

Oybek   

Ma’rupov