Qirg‘izistondagi qishloq aholisi xarom ichimliklardan voz kechishdi

22 Yan 2018 3077

Qirg‘iziston Respublikasining Norin viloyatidagi Qora-Qung‘oy ovuli aholisi alkogol ichimliklarni sotish va iste’mol qilishdan yoppasiga voz kechishdi. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, ushbu tashabbus qishloq yoshlari tomonidan olib chiqilgan. Muhokamadan so‘ng barcha do‘konlarda spirtli ichimliklar savdosi to‘xtatildi.

 

Aytib o‘tish joiz, qishloqda hozirgi vaqtda beshta do‘kon faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan biri 10 yil avval tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar sotishni to‘xtatgan.

 

Qirg‘izistonda ilk bor shunga o‘xshash tadbir O‘sh viloyatining Karake qishlog‘ida 2008 yilda amalga oshirilgan edi.

 

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida alkogolizm va jinoyatchilikning oldini olishdir. Tadbirning asosiy tashabbuskorlari qishloq aholisi bo‘lib, mahalliy hokimiyat rahbarlari, masjid imomlari va tadbirkorlar ularni qo‘llab-quvvatlash orqali, ularning g‘oyalarini amalga oshirib kelmoqdalar.