Musulmonlar sahro o‘rtasida eng yirik chuchuk suv zahirasini bunyod etishdi

22 Yan 2018 2524

Abu Dabidagi Liva sahrosida dunyodagi eng yirik chuchuk suv zahiralaridan biri bunyod etildi. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida bo‘lib o‘tgan ekologik forumda e’lon qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, ulkan suv rezervuari yer ostidan 80 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, u 315 ta quduqdan iborat tarmoqning bir qismidir. U yerga har kuni Shuveyxatdagi suvni chuchuklash markazidan 32 tonna suv yetib keladi.

 

Mazkur rezervuarni to‘ldirish uchun 2 yil muddat o‘tdi. Hozirda bu yerda sanitar nazoratidan o‘tgan 26 million kub metr chuchuk suv mavjud.  Loyiha qiymati 435 million AQSh dollari deb baholanmoqda.