Shayx Zayniddin jome masjidida “Qalblar tabibi Muhammad alayhissalom” nomli mavlid tadbiri o‘tkazildi

20 Noy 2017 2065

Mana, Rabiul avval oyi kirib keldi. Qamariy taqvimning uchinchi oyi sanalmish Rabiul avval oyi musulmon dunyosida e’tiborli sanaladi. Bu qutlug‘ oyda dunyoga kelib, butun insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun vasila bo‘lgan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamni yodga olib, ularning sunnatlarini bardavom qilish har mo‘min ummat uchun sharafli odatga aylangan.

Musulmonlar tomonidan mazkur mavlid oyida Qur’on oyatlari o‘qiladi, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning haqlariga salavotlar aytiladi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning siyratlari, hayot tarzlari, mo‘’jizalari va boshqa hususiyatlari yodga olinadi. Nabiy  sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan salovotu nashidlar tinglanadi.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi rabiul avval oyining kirib kelishi munosabati bilan jonajon diyorimizda ham mavlid tadbirlarini tashkil etish yaxshi an’naga aylangan. Jumladan, joriy yilning 20 noyabr kuni Toshkent shahri Shayx Zayniddin jome masjidida “Qalblar tabibi Muhammad alayhissalom” nomli seminar-tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin qizlar bo‘limi vakillari, Toshkent shahar vakilli mas’ul xodimlari va Shayxontohur tuman otin oyilari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbirdagi faol ishtiroki va din yo‘lidagi samarali xizmati uchun bir necha otinoyilarga Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Bosh imom-xatibi Odilxon Ismoilov tashakkurnomalar topshirdi.

 

"Shayx Zayniddin" jome mmasjidi Matbuot xizmati