Ka’badagi oltin tarnov haqida bilasizmi?

10 Mart 2017 4810

    Mizob al-Rahma (rahmat tarnovi) Ka’baning Iroq va Suriya burchaklari orasida o‘rnatilgan bo‘lib, tomdagi yomg‘ir suvlarini oqizib yuboradi. 1627 yil yomg‘irlar natijasida Ka’ba devorlariga shikast yetadi. Uni qayta tiklash jarayonida tarnov o‘rnatiladi. Yomg‘ir suvi inoyat ramzi sifatida Ismoil va Hojar onamiz qabrlari tomon oqadi. Bundan tashkari, Payg‘ambar alayhissalom tarnov joylashgan tomonda turib duo qilganlari ma’lum.

1) Dastlab bu kabi tarnov shakli Qurayshliklar Ka’ba ustiga tom o‘rnatishgandan sung paydo bulgan. Ungacha Ka’ba 4 devordan iborat edi.

 

2) Tarnovda «Basmala» va «Ey Allox» bitiklari mavjud.

 

3) Tarnov qushlar qo‘nmasligi uchun utkir tikanlar bilan qoplangan.

 

4) Dastlab u yog‘och, kumush va po‘latdan qilingan. Tarnovni ilk bor 1573 yili sof oltindan ishlangan.

 

5) Uzunligi – 2,53 m, kengligi – 26 sm ni tashkil qiladi.

 

 

www.muslim.uz