Yuz yillik so‘nggiga qadar islom eng ommaviy dinga aylanadi

14 Mart 2017 3095

   Amerika tadqiqot markazi Pew Research Center xabar berishicha, Islomga e’tiqod qiluvchilar soni asrimiz so‘nggiga qadar nasroniylik diniga e’tiqod qiluvchilardan ortib ketadi va Islom dunyodagi eng ommaviy dinga aylanadi.

   Hozirgi vaqtda dunyoda 1.6 milliard musulmon istiqomat qiladi. Bu yer yuzi aholisining 23 foizi demakdir. Ayni vaqtda dunyo aholisining 31 foizi nasroniylardir. Tadqiqotchilarning fikricha, ahvol shu holda davom etaversa, yuzyillik so‘nggiga kelib musulmonlar ko‘payib ketadi, nasroniylar kamayadi.

   Buning sababini mutaxassislar musulmonlar orasida tug‘ilishning balandligi bilan izohlamoqda.

   Shuningdek, olimlarning ta’kidlashicha, 2050 yilda Hindiston eng ko‘p musulmon aholi yashaydigan davlatga aylanadi. Bu mamlakatdagi musulmonlar soni 300 milliondan ortadi. Yevropa mintaqasida esa musulmonlar umumiy aholining 10 foizidan kam bo‘lmaydi.

 

   Manba.muslim.uz