Islomni qabul qilgan 5 nafar amerikalik mashhurlar

3 Fev 2016 6298

    So‘nggi yillarda Islom jahonda, xususan Amerika mintaqasida jadallik bilan rivojlanayotgan dindir. Tarixiy manbaalarda qayd etilishcha, qit’aga kelgan ilk musulmon marokashlik qul bo‘lgan. U bu yerga o‘zining Ispan xo‘jayini bilan suzib kelgan. 16-17 asrlarda afrikalik qullarning keltirilishi bilan Shimoliy Amerikada musulmonlar soni ham keskin oshib boradi. 19 asrning boshida Amerikadagi musulmonlar soni 500 mingdan oshib ketadi. Ayni shu davrda Amerika jamoat arbobi mintaqada dinlar erkinligini e’lon qiladi.
   World News nashri Amerika qo‘shma shtatlarida istiqomat qiluvchi taniqli shaxslar, sport va madaniyat sohalari namoyandalari ro‘yxatini muntazam chop etadi. "Islom dunyoda va AQShda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan din. 1929 yilda ilk masjid Shimoliy Dakotada qurilgan bo‘lsa, 2011 yildan buyon mamlakatda 1,2 mingta masjid bunyod etilgan. 2050 yilga kelib AQShdagi musulmonlar hissasi mamlakat aholisining 2.1%ini tashkil qiladi," deyiladi maqolalarning birida.
    Bugun AQShda bir necha yuz yillardan buyon shu yerda yashayotgan, shu bilan birga musulmon mamlakatidan kelgan jami 3 millionga yaqin Islom dini vakillari istiqomat qilishadi. Musulmonlarning 60 %idan oshig‘ini muhojir aholi vakillari tashkil qiladi. Shuningdek, Islom e’tiqodchilari uni qabul qilayotganlar hisobiga ham ko‘payib bormoqda. 1990-2000 yillarda dunyo miqyosida 12,5 million kishi Islomni qabul qilgani va Islom Ginnes rekordlari kitobiga eng jadal rivojlanayotgan din sifatida kiritilgan. Islom e’tiqodini qabul qilgan amerikaliklarning ba’zilari bilan sizlarni tanishtiramiz.

 

1. Shakil O‘nil – amerikalik taniqli basketbolchi. 1972 yilda AQShda tug‘ilgan. Olimpiya va jahon chempioni. 4 karra Milliy basketbol assotsiatsiyasi chempioni. 2010 yilda jamoatchilikka Islom diniga e’tiqod qilishini ma’lum qilgan. 2012 yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan.

 

 

 

2. Mayk Tayson - sobiq bokschi, og‘ir vazn bo‘yicha bir necha karra jahon chempioni. 1966 yil AQShda tug‘ilgan. Sportchi 1992-1998 yillarda qamoq jazosini o‘tayotganida Islom diniga e’tiqod qilishga qaror qilgan. Uning musulmon ism-sharifi Malik Abdul Aziz.


3. Ellen Byorstin – aktrisa, 6 karra "Oskar" mukofoti sovrindori. 1932 yilda AQShda tavallud topgan. AQSh jamiyatidagi faolligi uchun Jefferson mukofoti bilan taqdirlangan. Unga musulmon do‘stlari "Hadya" deb murojaat qilishadi.

 

 

4. Muhammad Ali – “buyuk Ali”, boks ustasi, ungacha va undan keyin ham dunyoda bu qadar mashhur va kuchli bokschi bo‘lmagan, deyishadi. 1942 yilda AQShda tavallud topgan. 1975 yilda Islom dinini qabul qilgan.

 

 

5. Doktor Oz – amerikalik shifokor. 1960 yilda AQShda turkiyalik muhojirlar xonadonida tavallud topgan. Garvard va Kolumbiya universitetlarida tahsil olgan. “Times” jurnalining "Dunyoni o‘zgartirgan kishilar" ro‘yhatiga kiritilgan.

 

 

 

Shuhrat Sattorov tayyorladi