Qur’on – qalblar shifosi

Kitob nomi: “Qur’on qalblar shifosi”.

 

Muallif: Ziyovuddin Rahim.

 

Nashriyot nomi: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi”.

 

Kitob nashr etilgan joy va sana: Toshkent, 2016.

 

Hajmi: 432-bet, ISBN 978-9943-26-584-4

 

Qog‘oz bichimi: 60×90 1/16 

 

Adadi: 5000 nusxa.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 4882-raqamli ruxsati bilan nashr etildi.

Kitob annotatsiyasi: Alloh taoloning Kalomi Qur’oni karim insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, qalbini poklaydi, odobini sayqallaydi, ikki dunyo saodatiga yo‘llaydi. Qo‘lingizdagi “Qur’on – qalblar shifosi” kitobida Qur’on o‘qish, eshitish, tadabbur qilish fazilatlari bayon etilgan, Qur’onni qalbga jo aylash, Kalomullohni yaxshi ko‘rish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Qur’on xatm qilish muddati, Kalomullohni yodlash usullari, qiroat odoblari, suralar fazilati haqida ham to‘xtalib o‘tilgan, ulug‘larning Qur’onga cheksiz muhabbati, yuksak hurmat-ehtiromi haqida ibratli rivoyatlar keltirilgan.
      Mazkur asarda Qur’on qalbga shifo ekani, ma’naviy kasalliklar Qur’on bilan davolanishi alohida ta’kidlangan, ruhiy komilikka, ko‘ngil xotirjamligiga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ushbu kitob Allohning Kalomiga e’tiboringiz kuchayishiga, muhabbatingiz ortishiga, qalbingiz illatlardan tozalanib, imoningiz mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi, deb umid qilamiz.

9238