Savollar va javoblar

 

Mavzu:

“G‘ulomjon” ismi haqida.18.01.2018

Savol:

 Assalomu alaykum, ustoz. Mening ismim “G‘ulomjon”. Ismlar lug‘atida ismim "qul" degan ma’noni anglatar ekan. Ustoz, bu nom Allohning quli ekaniga ishora qilinganmi? Javobingiz uchun rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. “G‘ulom” so‘zi arabcha bo‘lib, ikki xil ma’noni anglatadi. Birinchisi, “hali balog‘at yoshiga yetmagan bola, o‘smir”. Ikkinchisi, “xizmatkor, qul”. Qur’oni karimda “g‘ulom” so‘zi “yosh bola” va “xizmatkor” ma’nosida ham kelgan.

Siz bu ismni qaysi ma’noda qo‘llasangiz, shunday bo‘ladi. Alloh yo‘lida xizmat qiluvchi, Allohga qullik qiluvchi ma’nosini bersangiz ham joiz. Biz “G‘ulomiddin” (Din yo‘lida xizmat qiluvchi), “G‘ulomulloh” (Allohning quli, U Zot yo‘lida xizmat qiluvchi), “G‘ulomqodir” (har narsaga qodir Allohning quli) ismlarini ham eshitib qolamiz. Demak, bunda niyatga qaraladi. Vallohu a’lam!