Savollar va javoblar

 

Mavzu:

Jannat ahlining yoshi haqida.10.01.2018

Savol:

Assalomu alaykum. Javobingiz uchun rahmat. Yana bir savol: nima uchun odamlar jannatda aynan 33 yoshda bo‘lishadi yoki 33 soni Qur’onda kelganmi?

Aqida 6276

Javob:

Va alaykum assalom. Rivoyatlarda jannat ahlining yoshi bir xil – o‘ttiz yoki o‘ttiz uch yoshda bo‘lishi aytilgan, ammo biz bilgan hadisda buning sababi keltirilmagan. Bu haqida ortiqcha savol berish, biron dalilsiz o‘z fikricha buning sababini axtarish mumkin emas. Biz Qur’on va hadislarda kelgan jannat vasfiga imon keltiramiz, u haqida ortiqcha savol berish va tortishishdan cheklanamiz. Muhimi boshqa narsalarga chalg‘imasdan, jannatni ko‘lga kiritish uchun bugun, mana shu o‘tkinchi dunyoda harakat qilishimiz kerak!