Savollar va javoblar

 

Mavzu:

To‘y kuni qilinadigan amallar 05.01.2018

Savol:

Assalomu alaykum! Bir joyda “To‘y kuni kuyov kelinning oyog‘ini bir idishga yuvib, shu xonaning 4 burchagiga sepish kerak. Shunda Alloh 4 ta yomonlikdan (jinnilik, maxov, pes bo‘lishdan) saqlaydi”, deb eshitdim. Shu qanchalik xaqiqat? Oyat yoki hadisda bormi? Agar bor amal bo‘lsa, batafsilroq ma’lumot bersangiz. Uylanish niyatidaman. To‘y kuni Islom chegarasida (farz va sunnat) qilinadigan amallar xaqida ma’lumot ham bersangiz.

Oilaviy 6771

Javob:

Va alaykum assalom. Buning biron dalili yo‘q. Aql bilan o‘ylab ko‘rilsa ham o‘sha ishda biron manfaat, hikmat ko‘rinmaydi.

Uylanish arafasidagi yigit-qizlar poklikka, halollikka ko‘ra ko‘proq ahamiyat berishlari kerak. Chunki ularning to‘g‘ri e’tiqodi, xulq-odobi, yurish-turishi bo‘lg‘usi avlod vakillariga ta’sir qiladi.

Nikoh kechasi turli urf-odatlarni qilish tarqalgan. Ular ichida shariatga to‘g‘ri keladigani ham, noshar’iy ishlar ham bor. Bunda shariat qaytargan ishlardan saqlaniladi, muboh qilingan ishlar bajariladi.