Savollar va javoblar

 

Mavzu:

Fir’avn qurdirgan piramidalar haqida ma’lumot bormi? 02.01.2018

Savol:

Assalomu alaykum. Savolim shundan iborat: Qur’oni karimda, yer sayyorasidan boshqa sayyoralarda hayot mavjudligi yoki Misr fir’avnlari qurdirgan piramidalar haqida oyatlar keltirilganmi? Mana shu masalada tushuncha bersangiz! Javobingiz uchun oldindan rahmat!

Javob:

 Va alaykum assalom. Qur’oni karimda koinot haqida ko‘p oyatlar kelgan. Ammo aynan yerdan o‘zga sayyoralarda hayot bor-yo‘qligi haqida biron narsa deyilganini bilmayman. Yer sayyorasi mavjudotlar yashashi uchun eng qulayi ekani haqida ham oyatlar bor.

Bilishimcha, fir’avnlar qurdirgan piramidalar haqida ham biron narsa deyilmagan. Asosan Muso alayhissalom va Fir’avn o‘rtasida kechgan qizg‘in bahs-munozaralar keltirilgan. Muhimi, fir’avnlar qurgan imoratlarda emas, balki sodir etgan xatolarini takrorlamaslik, imon yo‘lidan yurishdir. Qur’on bizni ibratli jihatlarga e’tiborga qaratishga chaqirgan.

Lekin, Fir’avn o‘z vaziri Homonga qarata: “Ey Homon, men uchun bir baland qasr qur. Men unga chiqib, Musoning ilohini ko‘rmoqchiman. Chunki men uni yolg‘onchi deb o‘ylayman”, mazmunida oyat keltirilgan. To‘liqroq ma’lumot olish uchun qarang: Qasas, 38; G‘ofir, 36-37.