Savollar va javoblar

 

Mavzu:

Qur’on tarjimasini o‘qisa, qancha savob oladi? 26.12.2017

Savol:

Assalomu alaykum Ustoz.Sizga savolim bor: men ko‘p eshitganman, banda Qur’oni karimni arab tilida o‘qisa, uning har bir harfiga 10 ta savob yoziladi. Shunday ekan, Qur’onning tarjimasini o‘qigan odamga qancha savob yoziladi?

Javob:

Va alaykum assalom. Haqiqatan, Qur’onni arab tilida o‘qigan bandaga 10 ta savob yozilishi aytilgan, ammo tarjimani o‘qigan odam qancha savobga ega bo‘lishi aniq bayon etilmagan. Lekin Qur’oni tarjimasini ham o‘qish savobli ish. Sababi hamma ham to‘liq Qur’oni karimni arab tilida o‘qiy olmaydi. O‘qigan taqdirda ham 100 foiz odam arab tilini mukammal bilmaydi. Qur’oni karimni tushunish uchun arabcha matnni o‘qish bilan birga, uning tarjimasi yoki tafsirini ham o‘qish kerak bo‘ladi.

 

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ قَرَأَ حَرْفًا مِنْ كِتَابِ اللهِ فَلَهُ بِهِ حَسَنَةٌ وَالْحَسَنَةُ بِعَشْرِ أَمْثَالِهَا لاَ أَقُولُ الم حَرْفٌ وَلَكِنْ أَلِفٌ حَرْفٌ وَلاَمٌ حَرْفٌ وَمِيمٌ حَرْفٌ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ وَابْنُ أَبِي شَيْبَةَ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, unga bir hasana (yaxshilik va savob) yoziladi. O‘sha hasana o‘n baravar ziyoda qilinadi. Men “alif lam miym”ni bir harf deb aytmayman, balki “alif” bir harf, “lam” bir harf va “miym” bir harfdir”, deganlar” (Termiziy, Bayhaqiy, Tabaroniy va Ibn Abu Shayba rivoyati. Hadis sanadi sahih).

Alloh taolo Qur’on karimni ixlos bilan,tajvid qoidalariga muvofiqtilovat qiluvchi qoriga har bir harfni uchun o‘nta savobberadi.Buning uchun, Qur’onni tajvid qoidalariga mos holda, sof arab tilida qiroat qilish kerak. To‘g‘ri, Qur’onning boshqa tillarga qilingan tarjimalarini o‘qish ham savobli ish, lekin hadisda kelgan va’da aynan arab tilida bexato qiroat qilgan kishilarga tegishli. Shunday bo‘lsa-da, Qur’on tarjimasini o‘qishda davom etaverish lozim. Agar tajvid qoidalariga muvofiq o‘qishga harakat qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.