Farishtalar imtihon qilinmaydi

8 Mart 2017 6474

      Farishtalar va hayvonlar imtihon qilinmaydi. Bu hayot insonlar va jinlar uchun sinovdir. Shaytonlar ham sinovga mahkum etilgan. Shaytonlar boshlig‘i Iblisdir. Odamlar va hayvonlar tuproqdan, jinlar va shaytonlar esa olovdan yaratilgan. Farishtalar esa nurdan yaratilgan. Ular yemaydilar, ichmaydilar, kiyim kiymaydilar, charchamaydilar. Ularning jinsi ham yo‘q. Ular gunoh qilmaydilar, faqat topshirilgan topshiriqlarni bajaradilar. Farishtalar soni juda ko‘p. Biroq ularning aniq sonini Buyuk Allohdan bo‘lak hech kim aniq ayta olmaydi.

4 buyuk farishta:

Jabroil (a.s.) yoxud malaku-l-mavt: Alloh va odamlar orasidagi elchi, xabar keltiruvchi farishta.
Azroil (a.s.): o‘lim farishtasi, insonlar qazosi yetganda ularning jonini olishga keladi.
Mikoil (a.s.): tabiat hodislarini boshqarishga mas’ul farishta: yomg‘ir, shamol, o‘simliklarning o‘sishi va hakazo.
Isrofil (a.s.): Qiyomat kuni ikki bor sur chaluvchi farishta. Birinchi marta sur chalinganda, qiyomat qoyim bo‘ladi, ikkinchi marta chalinganda, barcha o‘lgan mavjudotlar qayta tiriladi.

Boshqa farishtalar:

Kiroman-Kotibin – insonning yaxshi va yomon amallarini yozib boruvchi farishtalar.
Munkar va Nakir – inson qazo qilib, qabrga qo‘yilganda savol-javob o‘tkazadigan farishtalar.
Qo‘riqlovchi-Farishtalar – Insonlarni oldidan, orqasida, o‘ngidan, chapidan(Allohning izni bilan) himoya qiluvchi farishtalar.
Rizvon (a.s.) – Jannatning bosh farishtasi, Jannat qo‘riqchisi
Molik (a.s.) – Do‘zaxning bosh farishtasi.
Zaboniya – Do‘zaxda gunohkorlarni azoblovchi farishtalar.
Xamalatu-l-Arsh – Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar.

 

 

Muslim Mirzajonov tayyorladi