Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuidagi anjumanda ishtiok etdi

8 Noy 2016 2072

    Xabaringiz bor, 2 noyabr kuni Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband majmuasida diniy sohada amalga oshirilgan ulkan islohotlarni keng targ‘ib etish borasida “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
    Anjumanda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakillari, masjid imom-xatiblari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari rahbarlari ishtirok etdilar.
      Xususan, tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom xatibi Odilxon qori yunusxon o‘g‘li ham ishtirok etdi.
     Anjumanda yurtimizda diniy-ma’naviy sohada amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish, yuzasidan diniy soha xodimlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

 

 

Shayx Zayniddin jo’me masjidi matbuot xizmati