Odilxon qori Ismoilov ming kishilik guruh rahbari sifatida haj ibodatini amalga oshiradi

26 Avg 2016 1722

    Xabaringiz bor, 24 avgust kuni O‘zbekistonlik ziyoratchilarning 470 kishidan iborat dastlabki guruhlari haj ibodatlarini ado etish uchun Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga uchib ketdi. E’tiborlisi shundaki, ular orasida Toshkent shahar Shayxontorhur tumani bosh imom-xatibi, Shayx Zayniddin jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Ismoilov ham bor.  
    Imom-xatib ming kishilik ziyoratchilar guruhi rahbari (mingboshi) sifatida yurtdoshlarimizning haj amallarini tartibli va ko‘ngildagidek o‘tishiga mas’ul sanaladi. Shu bois, Odilxon qori Ismoilovga ana shunday mas’uliyatli va sharafli vazifalarida kuch-quvvat va sabr-toqat tilaymiz! 
      Barcha yurtdoshlarimizga muqaddas haj amallarini chiroyli ado etib, eson-omon Ona Vatanimizga qaytish nasib etsin!

 

Shayx Zayniddin jome masjidi Matbuot xizmati