Tajvid qoidalari

Mualliflar: Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li
                      Ziyovuddin Rahim,

Kitob nomi: Tajvid qoidalari

Qisqacha:

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan Qur’oni karim bandalarni ezgu yo‘l, to‘g‘ri e’tiqod va amallarga boshlaydi. Bu ulug‘ hidoyatdan bahra olish uchun har bir mo‘min - musulmon banda uni qiroat qilishi, tushunishi va Qur’onga amal qilishi kerak. Shunda uning imoni mukammal, e’tiqodi to‘g‘ri bo‘ladi, qilayotgan amallari shariatda buyurilganidek bajariladi.
Shu ma’noda siz aziz o‘quvchilarga “Tajvid qoidalari” nomli kitobimizni tavsiya etamiz.


Ushbu kitob orqali tajvid qoidalari bilan yaqindan tanishasiz, Qur’oni karim oyatlarini tilovat qilish qoidalarini o‘zlashtirasiz.
Ma’lumki, har bir mo‘min banda xoh namozda, xoh undan tashqarida bo‘lsin, Qur’oni karimni to‘g‘ri tilovat qilishi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi talab etiladi. Shundan kelib chiqqan holda aytadigan bo‘lsak, tajvid qoidalarini yetarli darajada o‘rganib, unga amal qilish har birimizning vazifamiz ekanini unutmaslik kerak.


Mazkur kitobda tajvid qoidalari tushunarli va batafsil bayon qilingan va har bir qoida misollar bilan atroflicha tushuntirilgan. Shu ma’noda ayta olamizki, “Tajvid qoidalari” kitobimizdan mustaqil o‘rganuvchilar ham, boshlovchilar ham barobar foydalanishlari mumkin. Shunday bo‘lsa - da, tajvid ilmini ustoz nazorati ostida o‘zlashtirish maqsadga muvofiq. Alloh taolo barchalarimizga O‘zining Kalomini to‘g‘ri va bexato o‘qib, uning hukmlariga amal qilishni nasib etsin!

4510