Keng rizq va baraka omillari

Mualliflar:   Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li         

                         Ziyovuddin Rahim,

                                    

Kitob nomi:     Keng rizq va baraka omillari

 

 Qisqacha:

 

“Keng rizq va baraka” omillari kitobi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida rizq bilan bog‘liq masalalar sodda va ommabop tilda yoritilgan. Jumladan, unda keltirilgan “rizq” so‘zining ma’nosi, mo‘min bandaning rizq haqidagi e’tiqodi, rizq va tavakkul, rizqning kengayishi va torayishi, tonggi uyquning rizqqa ta’siri va shu kabi masalalar sizni befarq qoldirmaydi.

Mazkur kitobni mutolaa qilish orqali Alloh nima uchun hamma odamlarni birdek boy qilib qo‘ymasligining boisi, qurg‘oqchilik sabablari va undan xalos bo‘lish yo‘llar, rizqning kelishi kechikkanda nima qilish kerakligini bilib olasiz.

Ko‘pchilik ishi yurishmayotgani, qarzdorligi va tashvishu muammolaridan qutula olmayotganidan noliydi. Kitobni o‘qish davomida bu borada o‘zingizni qiziqtirgan shu kabi ko‘plab savollarga ishonchli manbalar asosida to‘liq javob olishingiz mumkin.

4025